Turkiya tashqi siyosatiga nazar 39-qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Germaniya munosabatlarini ko’zdan kechiramiz.

Turkiya tashqi siyosatiga nazar 39-qism

                     

Turkiya bilan Germaniya o’rtasidagi munosabatlar oxirgi yillarda tobora keskin tus olishiga qaramay, o’zaro aloqalarning yaxshilanish ishoralarini kuzatish mumkin. Dasturimizning bugungi sonida Turkiya-Germaniya munosabatlarini ko’zdan kechiramiz.

Turkiya jihatidan Germaniya bilan bo’lgan munosabatlar oxirgi bir necha yil ichida tarixda hech kuzatilmaganchalik keskin tus oldi. O’tmishdan bugungacha ikki davlat o’rtasida ro’y bergan tarangliklar vaqti-vaqti bilan o’zini namoyon qilsa ham oxirgi 3 yildagi kabi bunchalik sezilmagan edi.

Der Spiegel jurnali, nemis federal razvedka tashkiloti BNDning 2009 yildan beri turkiyalik oliy martabali vakillarining telefondagi suhbatlarini xufyona tinglaganligini xabar qilishi bilan munosabatlar sovuqlashgan edi. Natijada 2016 yilda nemis komedya ustasi Jan Bohmermann ning Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an haqida yozgan haqoratlarga to’la she’ri tufayli, sudga tortilish o’rniga nemis vakillari ifoda erkinligi bahonasida uni himoya qilganligi katta inqirozning birinchi ishorasi edi. Bu hodisadan keyingi bir necha oy ichida Germaniya federal majlisida so’zda arman qatliomini tan olishni nazarda tutgan qonun taklifi qabul qilingach, diplomatik munosabatlarga darz ketdi.

Bu jarayonda Turkiya ham Germaniyadan o’ch olish maqsadida Germaniya mudofaa vazirining Turkiyadagi Injirlik harbiy bazasiga tashrif buyurishiga ruxsat bermadi. Bu xalqaro maydonda katta ovozaga sabab bo’lgan voqealardan biri bo’ldi.

Germaniya Turkiyaning PKK va FETO terror tashkilotlariga qarshi kurashda Turkiyaga qo’lidan kelgancha qarshilik ko’rsatdi. Ushbu terror tashkilotlarining a’zolariga boshpana berib ularni sudlanishdan qutqarib qoldi. Xatto, Germaniya Turkiyaga qarshi faoliyatlarini saqlashga ham urinmadi. Bu juda ajablanarli holat edi.

Bu davrda Berlin Turkiyada sodir etilgan 15 iyul voqealarini qoralashga ham istaksiz yondashdi. Shuningdek, 2016 yilning 15 iyul kuni hukumatni to’ntarishga uringan shaxslarga boshpana berdi. Ularni himoya qildi. Bu vaziyat Berlin hukumatining Ak partiya hukumatiga qarshi munosabatini qanday bo’lmasin qora niyatli kurashga aylantirganligi haqida shubha paydo qildi. Zero, to’ntaruv tashabbusi ortidan Germaniyaga qochgan 900ga yaqin isyonchining Turkiyaga ekstraditsiya qilinmaganligi qaydlarda o’rin olgan. Turkiyaning o’ta muhim xavfsizlik muammosi bo’lgan isyonchilarning ekstraditsiyasi oldida nemis adolat maqomlari, siyosiy sabablarni bahona qilib, Turkiya muxoliflarni sindirishga va ularga tazyiq o’tkazishga harakat qilganligini, Interpoldan qora niyati uchun foydalanishda davom etayotganligini iddao qildi.

Eslatish joizki, 2016 yilning iyul oyida bu safar Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Germaniyadagi turklar bilan telekonferensiya orqali uchrashuviga ruxsat berilmaganligi o’zaro munosabatlarni yana bir bor taranglashtirdi.

Germaniya mutasaddilari Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini poymol qilganligini va demokratik tamoyillarga yetarlicha ahamiyat bermaganligini iddao qildi.

Bu iddaolardan so’ng, Germaniyada yashagan turklarga nisbatan tazyiq va irqchi hujumlar kuchaydi. Germaniya hukumati bunga qarshi chora ko’rmadi. Aksincha, xavfsizlik va sud organlarining aybdorlarni tergov qilishiga chek qo’ydi. Bu vaziyat na mahalliy matbuotda, na jahon matbuotida yetarlicha “antidemokratik” deb topilmadi.

Qolaversa, o’nlab turkning turli jinoyatlarda qurbon bo’lganligi, bu qatliomlarning nemis davlati ichidagi natsist guruhlar tomonidan qo’llab quvvatlanganligi oshkor bo’lgan jarayonda bir necha vakildan tashqari hech kim jazoga mahkum etilmadi. Bu esa, Berlin hukumatining aybdorlarni himoya qilganligi haqida shubga uyg’otadi.

Darvoqe, ikkala davlatning bir paytning o’zida Amerika bilan kelishmovchilikka uchraganligi vanihoyat bu taranglikka chek qo’ydi. AQSh prezidenti Donald Trampning Germaniya va Turkiyaga savdo urushi ochganligi Ankara bilan Berlin hukumatining yaqinlashishiga zamin yaratdi. Asosan, Turkiyada boshlangan valyuta inqirozi tufayli paydo bo’lgan iqtisodiy muvozanatsizlik, Yevropa bo’yicha bankchilik sektoriga ta’sir ko’rsatish ehtimoli Germaniyaning Turkiya tomonini olishiga sabab bo’ldi.

Bu o’zgarishlar NATOga a’zo bo’lgan ikkala davlatning AQSh tomonidan bosim bo’layotgan davrda yana ham yaqin bo’lishiga ehtiyoj borligini ko’rsatadi.

Germaniya moliya vaziri Olaf Scholzning Fransiya moliya vaziri bilan bu hafta Turkiyaga amalga oshirgan tashrifida ham buni yaqqol sezish mumkin. Uchrashuvlarda davlatlarning tijoriy munosabatlarini rivojlantirish va valyuta bilan bog’liq muammolar paytida Germaniyaning Turkiyadagi iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish xususidagi fikrini tasdiqladi.

Turkiya Yevropadagi ittifoqdoshlaridan biri bo’lgan Germaniya bilan azaliy o’tmishga ega, ayni paytda siyosiy, iqtisodiy, harbiy va gumanitar sohasida ko’p tomonlama aloqalarga ega. Oliy darajali ziyoratlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. O’zaro aloqalarning ko’p qirrali bo’lishi, katta fursatlarni va ayni paytda sinovlarni keltirib chiqarmoqda. Muammolarning bartaraf etilishi va munosabatlarning yanada yaxshilanishi uchun o’zaro muloqotga ahamiyat berish zarur. Oxirgi kunlarda mushtarak tahlika jarayonining ikki davlat munosabatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatishi Turkiya jihatidan Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayoniga takror ijobiy yondashishiga olib keldi. Avj olgan tashqi siyosiy tahlikalar Berlinning Turkiyaga nisbatan yana ham ehtiyotkorlik bilan siyosat olib borishini taqazo qiladi.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar bo’limi xodimi Jemil Do’g’ach Ipekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: munosabatlar , Germaniya , Turkiya

Aloqador xabarlar