Kun tahlili 39-qism

Turkiya millionlagan Suriya fuqarosini himoya ostiga olishlikka muvaffaq bo'ldi.

Kun tahlili 39-qism

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Sochida o’zaro uchrashuv ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Ikkala lider mazkur anjumanda bergan bayonotida qurolsizlashtirilgan hudud tashkil etish masalasida kelishib olganliklarini ma’lum qildi. Shu o’rinda Sochidagi sammit ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda ham, “Idlibda amaliyot o’tkazilmaydi” deyildi.

Bu kelishuv orqali Turkiya katta muvaffaqiyatga erishdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning qarorliligi, oxirgi vaqtlardagi Idlib mummosiga bo’lgan munosabatlari, chiqishlari va Tehrondagi “o’q uzishni to’xtatish” borasidagi qat'iyligi ayni vaqtda o’zining maydondagi o’rnini ham ko’rsatdi. Oxirgi vaqtlarda Turk Qurolli kuchlari Idlibda muhim qal’a ham tashkil etdi. Turkiyaning Idlibdagi 12 ta nazorat qilish nuqtasiga ko’plab zirxli vosita, tank va harbiy birliklar yuborildi. Turkiya bu masalada qanchalik qarorli ekanligini Rossiya, Eron va Asad rejimi shuningdek shia kuchlari oldida isbotladi. Albatta bir tomondan olib borilgan diplomatik muzokaralar, ikkinchi tomondan maydondagi harbiy qadamlar va nihoyat natija berdi. Rossiya Sochida jiddiy ravishda ortga tisarildi. Rossiya, Eron va Asad rejimi Idlibda keng ko’lamli harbiy amaliyot o’tkazishni rejalashtirayotgan edi. Bunga qarshi jiddiy norozichiliklar bor edi. Chunki Jisr ash-Shugur va Shimoliy Xama mintaqasining bombalanishi va rejim kuchlari bilan Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan xalq kuchlarining amaliyot tayyorgarliklari avj olayotgan edi.

Shuning uchun ham bunday harbiy harakatga to’siqlik qilinishi ham Turkiyaning milliy xavfsizligi, ham da Suriyaning kelajagi jihatidan katta ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi Turkiyaning say-harakati natijasida 3 milliondan ortiq tinch aholi himoya qilingan bo’ldi va yirik muhojir oqimining oldi olindi. Idlib masalasida qo’lga kiritlgan muvafaqiyat tufayli Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turk Qurolli kuchlari va Milliy razvedka tashkilotini tabriklashi kerak. Chunki butun dunyo xavotir olgan mintaqada gumanitar inqirozning yuzaga kelishiga to’siqlik qilindi.

Rossiya bilan Sochida kelishib olingan Idlib masalasi asosida tashil etiladigan qurolsizlashtirilgan hududdan ikki tomonli olaroq radikal unsurlarning va og’ir qurollarning yo’q qilinishi darkor. Bu Rossiyaning ham Turkiyaning ham vazifasidir. Buning uchun Rossiya maydondagi shia kuchlarini ko’ndirishi darkor. Turkiya esa Hay’at Tahrir al-Sham kabi guruhlarni yo’q qilish uchun chora ko’rishga majbur.       

Turkiya va Rossiya kelishuvi asosida 15-20 kilometrga cho’zilgan qurolsizlashtirlgan hudud tashkil etilar ekan u ayni vaqtda Turk Qurolli kuchlari va Rossiya Harbiy politsiyasining patrul guruhlari tomonidan nazorat qilinadi. Turkiya va Rossiya Ostona jarayoni natijasida tashkil etilgan nazorat nuqtalarini harbiy jihatdan yana-da mustahkamlaydi va qurolsizlashtirilgan hudud ikkala mamlakatning uchuvchisiz havo vositalari orqali nazorat ostiga olinadi. Qurolsizlashtirilgan hududlardagi Suriya muxolafatining va rejim kuchlarining nazorat nuqtalari muhofaza qilinib, har ikki tomonning ham og’ir qurollari hududdan olib chiqiladi.  

Kelishuv asosida strategik ahamiyatga ega bo’lgan M4 va M5 avto yo’llari nazorat ostiga olinib, takror savdo-sotiq uchun ochiladi. Lazkiya va Damashqni Halabga yetaklagan M4 va M5 avtoyo’llari Suriya iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Turkiya va Rossiya o’rtasidagi kelishuv ayni vaqtda Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG terror tashkiloti Idlib amaliyotidan foydalanib, Afrinni bosib olish niyatida edi. Kelishuv huddi mana shu ikki xavfning oldini olgan bo’ldi.

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi.

 

 



Aloqador xabarlar