• Video galereya

Turkiya va Quvayt o'rtasida harbiy hamkorlik shartnomasi imzolandi

Quvayt xabar agentligi KUNA ma'lum qilishicha, mazkur shartnoma ikki davlat harbiy vakillari tomonidan imzolangan.

Turkiya va Quvayt o'rtasida harbiy hamkorlik shartnomasi imzolandi

 

Turkiya va Quvayt o'rtasidagi harbiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 2019 yilga doir mudofaa bo'yicha mushtarak hamkorlik rejasi imzolandi.

Bu haqda Quvayt xabar agentligi KUNA xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Quvayt bilan Turkiya o'rtasida tajriba almashish va tashabbuslarni birlashtirish maqsadida mushtarak qo'shma harbiy koordinatsiyaning davomi sifatida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur shartnoma ikki davlat harbiy vakillari tomonidan imzolangan.

Eslatma: Quvaytda shu yilning 9-10 oktyabr kunlari Turkiya-Quvayt harbiy hamkorlik qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: shartnoma , harbiy hamkorlik , Turkiya , Quvayt

Aloqador xabarlar