Kun tahlili 44-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Istanbuldagi sammitdan keyingi Suriya vaziyati haqida so’z qilamiz.

Kun tahlili 44-qism

Kun tahlili 44-qism

Turkiyaning Istanbul shahrida Fransiya, Germaniya, Rossiya va Turkiya ishtirokida Suriyadagi vaziyatga bag’ishlangan sammit bo’lib o’tdi. Unda Suriyada tinchlik o’rnatish uchun tez kunlarda Konstitusiyaviy kengashning tashkil etilishi kabi muhim qarorlar qabul qilindi. Qabul qilingan qarorlar tinchlik tomon tashlangan bir qadam sifatida alohida o’ringa ega bo’lishiga qaramay Suriyada hal qilinishi kerak bo’lgan yana ko’plab muammolar mavjud. Shu doirada Suriya-Iroq chegarasida DEASh bilan YPG terror tashkilotlari o’rtasida davom etgan to’qnashuvlar, Suriya-Turkiya chegara liniyasida YPG tomonidan qo’l urilgan ig’vogar o’q uzishlar va unga javob tariqasida Turk Qurolli kuchlari tomonidan bombalangan YPG obyektlari va Idlibdagi guruhlar o’rtasida yuz bergan to’qnashuvlar Suriyada tinchlikning o’rnashi uchun yana ko’p qadamlarning tashlanishi, yana ko’plab faoliyatlarning olib borilishi kerakligini ko’rsatmoqdadir.

Istanbulda uchrashuv o’tkazgan Fransiya, Germaniya, Rossiya va Turkiya liderlari Suriyada tinchlik o’rnatish uchun muhim qarorlar qabul qildi. Ayniqsa anchadan beri rejalashtirilayotgan Konstitusiyaviy kengashning tashkil etilishi haqidgi qaror, Suriyaning kelajagiga katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi konstitutsiyaning qalamga olinishi Suriyada tinchlikning o’rnashi uchun qanchalik muhim bo’lishiga qaramay hududdagi muammoni butunlay hal qilinishiga yordam berolmasligini ham aytib o’tsak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki konstitutsiyaning qalamga olinishi ortidan uning Suriya xalqi tomonidan ovozga qo’yilishi jarayoni esa alohida, hal qilinishi murakkab ko’plab to’siqliklarni o’zi bilan birga olib kelmoqda. Shu doirada millionlab Suriya fuqarosining chet elda ekanligini, millionlab suriyalikning Suriya ichida ko’chishga majbur qolganligini, millionlab suriyalikning Asad rejimining munosabati yuzasidan pasportsiz qolganligini yodga olsak unda, “Suriyada saylov o’tkazish nima uchun bunchalik qiyin?” degan savolga javob to’pgan bo’lamiz. Qabul qilingan boshqa qarorlardan Idlib uchun yo’lga qo’yilgan o’q uzishni to’xtatish qarori bilan birga ayni vaqtda terror tashkilotlariga qarshi kurash olib borishning davom ettirilishi ham albatta muhimdir.  Shu orqali YPG kabi Suriyaning hududiy yaxlitligini xavf ostiga qo’ygan terror tashkilotining amallariga to’siqlik qilish uchun Turkiyaning say-harakatlari diplomatik tarmoqda ham muvaffaqiyatli natijalar bermoqda.

Suriyadagi oxirgi vaziyatga to’xtaladigan bo’lsak unda Suriya-Iroq chegarasida YPG bilan DEASh terror tashkiloti o’rtasida davom etgan to’qnashuvlarda yangi voqealar yuz berganligini aytishimiz mumkin. Shu doirada YPG AQSh, Fransiya va Italiyaning maxsus topshiriqli kuchlarining yordamida DEASh terror tashkiloti nazorati ostidagi Hajin mintaqasiga qarshi bir necha oy oldin amaliyot boshlatgan edi.  Mintaqada yuz bergan qum bo’ronidan foydalangan DEASh, necha oylardan beri nazorat ostiga olish uchun YPG tomonidan kurashilgan mintaqalarni bir necha kun ichida qo’lga kiritdi. DEASh qo’lga kiritgan mana shu yutuqlari orqali jangarilari takror Iroq chegarasiga borib oyoq tiradi. Iroq tomonida esa har ehtimolga qarshi DEASh hujumiga qarshi chora va tadbirlar ko’rilib, mintaqaga Hashdi Shabi kuchlari yuborildi. DEASh terror tashkilotining mintaqadagi ilgarilashi bilan birga mintaqaga qo’shimcha kuch yuborgan YPG jangarilari DEAShning ilgarilashini Xalqaro koalitsiyaning yordamlariga qaramay to’xtatolmadi. DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash olib borish bahonasi bilan o’zini qonuniylashtirgan YPG tashkilotining, “DEAShni butunlay yo’q qilish nuqtasida qanchalik istakli” ekanligi haqidagi savol ham javobsiz qolmoqda.  

YPG terror tashkilotining Suriyaning janubiy-sharqidagi DEAShga qarshi kurashi chog’ida muhim yo’qotishlarga duchor bo’lishi ortidan Suriyaning shimolida, Turkiya bilan bo’lgan chegara liniyasida ba’zi kichik to’qnashuvlar va Turk Qurolli kuchlarining bombardimoni qayd etildi. Ayn al-Arabning g’arbidagi chegara liniyasida muhim tepaliklar ustida Turkiyaga xavf tug’dira oladigan okoplar qurgan YPG terror tashkiloti, Turk to’pchilari tomonidan nishonga olindi va natijada yo’q qilindi. Ortidan esa Tal Abyab chegara liniyasida Turk askari bilan YPG terroristlari o’rtasida to’qnashuv yuz berdi. Ertasi kuni esa takror Ayn al-Arabning g’arbida o’qqa tutilgan YPG mavzelaridan Turkiya chegaralari ichidagi zirxli vositaga qarshi boshqariladigan anti-tank raketasidan foydalanildi. YPGning rasmiy hisoblari orqali hujum tasvirlari haqidagi ma’lumotlar tarqatilgan. Ana shundan keyin YPG tomonidan Hajin mintaqasidagi DEAShga qarshi uyushtirilishi rejalashtirilgan amaliyotini Turkiyaning bombardimoni yuzasidan to’xtatilganligi haqidagi bayonoti aslida YPGning DEAShni o’z manfaatlari yo’lida qanday qilib foydalanayotganligini yaqqol ko’rsatmoqdadir.

Keyingi masala esa Idlib mintaqasida yuz bergan to’qnashuvlar desak mubolag’a bo’lmaydi. Sochi kelishuvi bilan birga Idlibga qarshi hujum uyushtirilishiga monelik qilingan edi. Yaqinda esa Idlibda Hay’at Tahrir ash-Shom terror tashkiloti bilan Nureddin Zangi harakati o’rtasida to’qnashuvlar yuz berdi. Suriyalik muxolafat guruhining Hay’at Tahrir ash-Shomga qarshi uyushtirgan to’qnashuvlari uzoq davom etmasa ham mintaqadagi vaziyatning qanchalik aralash ekanligini ko’rsatmoqda. Suriyada tinchlikni o’rnatish uchun uning eng avvalo va butunlay Idlibda ta’minlanishi muhim ahamiyatga egadir.

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi.

 



Aloqador xabarlar