Umumbashariy nuqtai nazar 45-qism

Bir muddatdir Yevropada islomi borasida bahs- munozaralar ketmoqda. Ko’proq Musulmonlarga qarshi bir bahs- munozara bo’lish bilan birgalikda masalaning boshqa bir tomonida esa Yevropalik davlatlar, xavfsizlik tashkilotlari, G’arblik aka

Umumbashariy nuqtai nazar 45-qism

                                Yevropa Islomi?

Bir muddatdir Yevropada islomi borasida bahs- munozaralar ketmoqda. Ko’proq Musulmonlarga qarshi bir bahs- munozara bo’lish bilan birgalikda masalaning boshqa bir tomonida esa  Yevropalik davlatlar, xavfsizlik tashkilotlari, G’arblik akademiklar va yozuvchilar bordir. 

Anqara yildirim Boyazit  nomidagi universitet siyosat fanlar fakulteti dekani Prof.Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doira fikr mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Ushbu bahs- munozara  o’rinsiz bir bahs- munozara  emas albatta  globallashish jarayoni bilan farqli kimlik, madaniyat, din va tildan odam bolasi  bir-biri bilan chambarchas va birgalikda yashamoqdalar.  Bu holat Usmoniy  davlati kabi o’lkalar uchun juda bilingan bir vaziyat ekan, bu esa G’arb uchun juda yangi bir narsadir.

  Oldinki asrlarda G’arb o’lkalari  farqli din va sivilizatsiyadan o’lkalar bilan aloqalari mustamlaka  asosida ekan,  mazkur o’lkalardan  insonlar g’arbga ko’chishi bilan G’arblik o’lkalar farqliliklar bilan duch kela boshladi desak  bo’ladi. Bu davr ayni zamonda, zamonaviy, markazi, milliy davlat davri bo’lgani uchun farqli insonlarning birgalikda yashashlarini  qiyinlashtirgan bir davr hisoblanadi.

Islom bilan mos bir  Yevropa madaniyati

Farqli tarix, din va madaniyatga ega insonlar bugunki kunda yana ko’prpq birgalikda yasharlar ekan  bu vaziyat sabab bo’lgan  natijalar jihatidan albatta davlatlar, tashkilotlar, ziyolilar bu masal bilan  qiziqmoqdalar.

Yevropa islomidan maqsad, Yevropaga tashqaridan kelgan farqli islomi unsurlar  emas, Yevropaning o’z ichidan, islom bilan mos bir narsaning  maydonga chiqishi bilan vujudga kelgan bir vaziyatdir. Yevropa islomidan maqsad, til, madaniyat, boshqaruv kabi sohalarda ma’lum nisbatda mahalliylikni islom zotan nazarda tutmoqda. Bu ma’noda Turkiyadagi Islom bilan Uzoq sharqdagi, Bolqonlardagi Islom tushunchalari va tatbiqlar  o’zidan  ayni bo’lish bilan birgalikda, ma’lum nisbatda bir- biridan farqlidir.  Bu doirada Yevropalik Musulmonlar ham kelgan geografiyalar bilan mos bir islomi pratik va tushuncha emas, İslom doirasi ichida  qolish sharti bilan va  islom bilan mos bir yevropa madaniyati, hayot tarzi poyda bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Qanday ki Afrikadagi, Yaqin sharqdagi, Uzoq sharqdgi kundalik hayoti, madaniyatini folkolorik  unsurlari, san’at, adabiyot tushunchasida  bo’lganidek, Turkiya yoki boshi bir  o’lkada davom ettirishi yaxshi kutib olinmasa ham  buni  yevropada hayoitga tatbiq etish  ham yaxshi kutib olinmaganligining  farqida bo’lish kerak. bunday bir vaziyatning  asosiy sababi bu madaniyatlarning yanglishligi  emas, bir jamiyatning, o’z geografiyasi bilan mos o’ziga xos unsurlari bo’lganining shuurida  bo’lish bilan aloqa bir vaziyatdir.

Hayotining  bir qismini o’tkazgan geografiyada ma’lum darajada ega chiqadigan mushtarak madaniyat tashqarisida shubhasiz  ochiq va madaniy bir jamiyatda, farqli madaniyatlar ham o’z madaniyatini davom ettirish uchun sa’y- harakat qiladi.

Islom bilan mos bir Yevropa madaniyati faqatgina Yevropaga  kelganlar  jihatidan emas, Yevropaning o’zi jihatidan ham muhokama qilish kerak bo’lgan bir vaziyatdir. Islom  bilan mos deganimizda, Yevropa madaniyatida mavjud bo’lgan irqchilik, fashizm, natsizm kabi unsurlarni chetda qoldirish kerakligidan bahs etamiz.

Yevropa islom  urg’usi ba’zi vaziyatlarda, Yevropaga kelganlar, tenglik, erkinlik, inson huquqlari, plyuralizm, farqliklar bilan birgalikda yashash kabi global qadriyatlarga ega bo’lmaganlarini ifoda etishga boshlandilar. Holbuki Yevropaliklar belki yaqin davrda bu qadriyatlardan yana ko’proq uzoqlashganini aytishimiz  mumkin. Qochqinlarni  odam bolasi deb  hisoblamagan bir uslub, avj olgan emigrant va anti islom masalalari birinchidan  esga kelganlardir.  Jamoat bilan o’tkazilgan anketalarda farqli bo’lgandan qo’rqish hamkasbi yoki qo’shni sifatida o’zidan farqli bo’lgani istamaslik masalalari  juda avj olmoqda.

Erkinlik tarafdori emas, xavfsizlik tarafdori bir Yevropa İslomi  asosiy maqsadimiz.  

Bosilganlar va  G’arb davlatlarining hayotga tatbiq etganlariga qaraganda Yevropa islomi  bahs- munozarasi noharbiy, madaniy  va qadriyatlarga qarata bir bahs kabi ko’rinmaydi. Yevropalik davlatlar bu bahs- munozaraga ko’proq xavfsizlik jihatidan qaramoqdalar. Zotan shu  bois bu faoliyatlar umuman madaniyat, birgalikda yashash, plyuralizm, farqliligi  emas, xavfsizlik jihatidan, razvedka va xavfsizlik bo’yicha tashkilotlar tomonidan yuritilmoqda. Agar bir xavfsizlik muammosi mavjud bo’lsa albatta xavfsizlik  jihati bilan chora- tadbirlar  olinadi. Millionlab  insonni qiziqtirgan, noharbiy, ijtimoiy madaniy, siyosiy masalarni faqatgina xavfsizlik nazariyasidan qarash  esa muammoni yana ham chuqurlashtiradi. Davlatlar odat qilmagan yangi  vaziyatlar uchun kengashlar tashkil etishlari juda  ham ma’noli va keraklikdir. Faqat ushbu sa’y- harakatlarni  anglash uchun  bo’lishi lozim, bostirishga, aylantirishga, mahkum etishga qarata emas albatta, yevropalik davlatlar shu bois tashkil etgan islom kengashlari kabi asoslarga to’g’ridan va  umuman  islom bilan aloqasi bo’lmagan  shaxslarni tayin etish o’rniga, ushbu asoslar Musulmonlar tomonidan tashkil etishga rag’batlantirishi kerak. ushbu faoliyatlar xavfsizlik yoki razvedka bilan aloqali  tashkilotlar tomonidan emas,  nodavlat notijorat  tashkilotlar tomonidan yuritilishi kerak.

Musulmonlarning mas’uliyati esa...

Yevropa Islomi jihatdan, Musulmonlar o’z mas’uliyatini bajo keltirish va faqatgina aloqali o’lkalarni tanqid qilish axloqiy  bir uslub emas. Bugunki  kunda G’arbda yashagan Musulmonlarning ta’lim, iqtisodiy, siyosiy, intellektual, akademik ishtirok muammolari mavjud bo’lsa, jinoyat qilish nisbatlari yuksak esa, faoliyat odati yetarli emas esa  shubhasiz bu mavzularda Musulmonlarga va ularning tashkilotlariga katta mas’uliyat yuklamoqda. Istiqomat qilgan o’lkalarda o’zlarini namoyandalik va ifoda etish muammolariga ishora qilish kerak.  aloqali o’lka rasmiylari bilan yana yaqindan mehnat qilib, to’g’ridan va ochiq aloqalar  o’rnatib, tashkil topgan qo’rquv atmosferasini  bartaraf etish uchun faoliyatlar  yuritish  kerak.

Ijtimoiy xususiyatini boy bergan bir Islom Yevropaga nima foydasi bo’ladi?

Ma’lum qismlar Yevropa İslomi bilan erishmoqchi bo’lgan narsa, jamiyatga, oilaga, insonga doir, barcha ideallardan mahrum bir İslomi yoki Musulmon arzusidir. Holbuki Yevropada,  yo’q bo’lgan oila, ota-onasiz bolalar,  ensest aloqalar,  gij-geksiya, gomoseksual munosabatlar, giyohvand moddalarni iste'mol qilish juda keng tarqalgan. Yevropa, ijtimoiy qadriyatlar jihatidan, odamiylik qadriyatlar tez bir shaklda boy berilgan, yuksak iqtisodiy imkoniyat  saviyasi sababli insonlarga qonuniy va  odatdagi  aloqalar yetmay yo’lidan adashgan   bir davrni  o‘tkazmoqda.

Islomi qadriyatlar belki bu mavzularda, hanuz ishg’ol qilinmagan  so’nggi  qal’a  deb  hisoblash  mumkin.

 Shu bois jamiyatga, oilaga, odamiylikka doir iddaolarini boy bergan bir Musulmonlik faqatgina Yevropaning yo’q bo’lishini tezlashtiradi.

Masihiylar va yahudiylar musulmonlarni qo'llab-quvvatlashlari kerak

Bunday bir Musulmonlik hech bir foydasi bo’lmaganini  Yahudiylik va Masihiylik boshidan o’tkazgan jarayonlarni ham ko’rdik. İjtimoiy qadriyatlarning  bu qadar buzilishiga, axloqiy yo’q bo’lishlar, haddan tashqari xudbinlikdan  Xristiyonlik va Yahudiylik ham bezovta deb  o’ylayman.

Zero  yana ham odamiylik qadriyatlar butunlay yo’q bo’lishidan bezovta bo’lgan  dunyoviylar ham mavjud. Asosda Xristiyonlar  va Yahudiylar  o’zida ham mavjud bo’lgan ushbu qadriyatlar yo’q  bo’lishiga ular ham reaksiya ko’rsatishlar lozim.

Yevropalik Musulmonlar o’z kun tartiblariga juda  ehtiyot bo’lishlari kerak

Bularning tashqarisida, Musulmonlar, Afrikada ham Amerikada ham, Xitoyda ham Hindiston ham, Yaqin sharqda va masalaning muhimligi jihatidan Yevropada ham o’zlariga ehtiyot bo’lishlar lozim. Bu qanday bo’ladi? Kelgusi hafta mavzuga davom etamiz.

Anqara yildirim Boyazit  nomidagi universitet siyosat fanlar fakulteti dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doira fikr va  mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.

 

 


Tanlangan kalimalar: Bosim , Molik , Islom , Musulmonlar , Yevropa

Aloqador xabarlar