Rossiya prezidenti Vladimir Putin Istanbulga tashrif buyurdi

Putin Turk oqimi loyihasining dengiz tagidan olib o’tiladigan liniyasining tamomlanishi munosabati bilan o’tkaziladigan marosimda ishtirok etadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Istanbulga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Istanbulga tashrif buyurdi.

U Turk oqimi loyihasining dengiz tagidan olib o’tiladigan qismining tamomlanishi munosabati bilan o’tkaziladigan marosimda ishtirok etadi.

Putin Otaturk aeroportida Istanbul hokimi Ali Yerlikaya, Istanbul buyuk shahar hokimi Mavlud Uysal, Rossiyaning Ankaradagi favqulodda va muhtor elchisi Aleksey Yerhov va boshqa turk, rus vakillar tomonidan kutib olindi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Turk oqimi loyihasining dengiz tagidan olib o’tiladigan liniyasining tamomlanishi munosabati bilan o’tkaziladigan marosimda ishtirok etadi.

Eslatma: Rossiya tabiiy gazini Turkiyaga va Yevropaga yetkazadigan Turk oqimi tabiiy gaz quvur liniyasi Qoradengiz ostidan olib o’tiladigan ikki quvurdan iborat bo’ladi.

Ularning har birining quvvati 15 mlrd kub metr gazdan oshadi va quvurlarning har biri 930 km uzunlikni tashkil qiladi.

Birinchi quvur orqali tabiiy gaz faqatgina turkiyalik iste'molchilarga yetkaziladi, ikkinchi quvur esa Yevropa bozoriga mo‘ljallangan.

 


Tanlangan kalimalar: Turk oqimi , Istanbul , Vladimir Putin , Rossiya

Aloqador xabarlar