Chavusho’g’li Suriyadagi oxirgi vaziyat va AQShning hududdan chiqish jarayonini baholadi

Mevlut Chavusho’g’li mamlakatdagi xususiy bir kanalda jonli efiri orqali berilgan bir teledasturda Suriyadagi oxirgi vaziyat va AQShning hududdan chiqish jarayoni masalasini baholadi.

Chavusho’g’li Suriyadagi oxirgi vaziyat va AQShning hududdan chiqish jarayonini baholadi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Suriyaning sharqidagi YPG/PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilish ehtimoli bo’lgan amaliyotning Amerika Qo’shma Shtatlarining hududdan chiqish haqidagi qaror bilan hech qanday aloqasi yo’qligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’li mamlakatdagi xususiy bir kanalda jonli efiri orqali berilgan bir teledasturda Suriyadagi oxirgi vaziyat va AQShning hududdan chiqish jarayoni masalasini baholadi.  

Manbijni terroristlardan qutqarish haqidagi kelishuvning AQSh tomonidan muvaffaqiyatli ravishda yo’lga qo’yilmaganligini ta’kidlagan Mevlut Chavusho’g’li,

“O’tgan yilning 4-iyuni kuni AQSh bilan Manbij yo’l xaritasiga qo’l qo’ydik. Xaritaning 90 kun ichida tamomlanishi kerak edi. Bunga amal qilinganida edi bugun bu masala haqida gaplashmayotgan bo’lardik. YPG/ PKK terror tashkilotining mintaqadan chiqishi nari tursin, AQSh tomonidan uzluksiz qo’llab-quvvatlandi. Biz Firot daryosining sharqida amaliyot uyushtirishimiz haqida ma’lumot berganimizdan keyingina AQSh hududni tark etishi haqida qaror qabul qildi. Eng qizig’i bu jarayonda AQShning xavfsizlik kuchlari Prezident Donald Trumpni bu qaroridan voz kechtirishga harakat qilmoqdalar” deya gapirdi.  

“AQShning ortga tisarilganligini ham payqayapmiz” degan ifodalarga o’rin bergan Chavusho’g’li,

“Qaror Trumpning qarori va Prezident bu haqida kerakli bayonotni ham berdi. Bu haqida kecha (AQSh Davlat kotibi Mike) Pompeo ham aytdi. Suriyalik kurdlar degani YPG degani emasdir. Shunday ekan turkiyalik kurdlar degani ham PKK degani emasdir. Aslida buni hamma yaxshi biladi” dedi.

Turkiyada YPG tomonidan badarg’a qilingan minglab kurd borligiga e’tibor qaratgan Mevlut Chavusho’g’li,

“O’rtada terror tashkiloti degan bitta muammo bor. Eng yomoni AQShning mazkur terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashidir. Terroristlar bu orqali arablar yashagan yerlarni bosib olmoqda” dedi.

“Yirik bir davlat bilan NATO bo’yicha ittifoq va hamkor bo’lishimizga qaramay uning bir terror tashkilotini qo’llab-quvvatlashi noto’g’ridir” degan Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li,  

“Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an ham va’da bersa va’dasining ustidan chiqadi. Manbij yo’l xaritasining yo’lga qo’yilishi va Firotning sharqidan YPG/ PKK terror tashkilotining butunlay chiqib ketishi muhim ahamiyat kasb etadi. Oxirgi vaziyat shundan iborat. Biz har doim buni kuzatib boramiz. Undan tashqari YPG/PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilish ehtimoli bo’lgan amaliyotning Amerika Qo’shma Shtatlarining hududdan chiqish haqidagi qaror bilan hech qanday aloqasi yo’qdir. Prezidentimiz Erdo'g’an Trumpning yuqorida nomi tilga olingan qaroridan oldin aytgan Firotning sharqidagi amaliyot haqida. Endi AQSh hududdan chiqamiz deyapti lekin bunga to’siqlik qilganlar bor. Biz uchun Trumpning bayonoti muhimdir” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar