TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining PKK terror tashkilotiga qarshi kurashi Turkiyada ham, chet elda ham davom etmoqda.

TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining PKK terror tashkilotiga qarshi kurashi Turkiyada ham, chet elda ham davom etmoqda.

Shu doirada Turkiyaning Diyarbakir viloyatining Kojako’y tumanida PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotda ikki terrorist yo’q qilindi.

Gubernatorlik tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra kelib chiqqan to’qnashuvda terroristlar, ustidagi 9 millimetrlik 2 ta to’ppancha, 3 ta to’pponcha oboymasi, 76 ta o'q, 4 ta granata va bir necha tashkiliy hujjatlari bilan yo’q qilingan.

Iroqning shimoliga qarshi uyushtirilgan havo hujumida ham terror tashkiloti tomonidan foydalanilgan boshpana, qurol-yaroq va o'q-dori ombori yo’q qilingan.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan shu haqida, yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Iroqning shimolidagi Zab va Avashin-Basyan mintaqalaridagi terroristlarga qarshi havo hujumlari uyushtirilgan.

Amaliyotlar natijasida terror tashkiloti tomonidan boshpana, qurol-yaroq va o'q-dori ombori sifatida foydalanilgan nishonlar vayron qilingan.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar