Turkiya-Suriya chegarasida Suriyaning shimolidagi oxirgi vaziyat qo’lga olindi

Hulusiy Akar, Yashar Guler, Umit Dundar va Hakan Fidan Turkiya-Suriya chegarasida Suriyaning shimolidagi oxirgi vaziyatni qo'lga oldi.

Turkiya-Suriya chegarasida Suriyaning shimolidagi oxirgi vaziyat qo’lga olindi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Sochidagi kelishuv asosida Suriyada tinchlik va barqarorlikning davom etishi uchun har qanday say-harakatlar amalga oshirlayotganligini qayd etdi.  

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi general Yashar Guler, Quriqlik kuchlari qo’mondoni general Umit Dundar va Milliy razvedka tashkiloti raisi Hakan Fidan Turkiyaning Hatay viloyatida, Suriya chegarasida yig’ilish o’tkazdi.

Mazkur yig’ilishda Suriyaning shimolidagi oxirgi vaziyat qo’lga olindi.

Rossiyaning Sochi shahrida qo’l qo’yilgan kelishuv asosida Idlibdagi oxirgi vaziyat ham kun tartibiga olib chiqilgan yig’ilishda, kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvining davom etishi uchun olib borilgan say-harakatlar bilan mintaqada tinchlik va barqarorlikning ta’minlanishi uchun amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalar qo’lga olindi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar bu haqida,

“Sochidagi kelishuv asosida tinchlik va barqarorlikning davom etishi uchun har qanday say-harakat amalga oshirilmoqda. Rossiya bilan bu boradagi yaqin hamkorligimiz davom etmoqda” degan ifodalarga o’rin berdi.

Hulusiy Akar, Yashar Guler va Umit Dundar kecha ham Turkiyaning Shanliurfa viloyatining chegarasidagi harbiy bo’linmada tekshiruv ishlari yuritgan edi.



Aloqador xabarlar