Turkiya bu hafta, "Usmoniy davlatini yodga olish haftasi"ni nishonlaydi

Usmoniy davlati, uch qit’aga yoyilgan hududlari bilan yuzyillar davomida dunyoni tartibga soldi.

Turkiya bu hafta, "Usmoniy davlatini yodga olish haftasi"ni nishonlaydi

Bugundan yani 27-yanvardan e’tiboran bir hafta Turkiya Usmoniy davlatini yodga olish haftasini nishonlaydi. Usmoniy davlati, uch qit’aga yoyilgan hududlari bilan yuzyillar davomida dunyoni tartibga soldi. Uning davri ona yurti bo’lmish Osiyodan boshini ko’tarib, Yevropaga uzatgan bir bo’ridek yuzlab yil davom etadigan va o’z ta’sirini bugungi kunda ham yo’qotmagan madaniyat va odamgarchilikning ramzi edi. O’zga unsurlarga qarshi ham doimiy adolat va'da qilgan bu davr, ayni vatqda odamgarchilikning tarixini qayd etdi. Usmoniy davlatini tushunmay turib Rossiya, Germaniya, Bolqon, Yaqin Sharq va Shimoliy Yevropa tarixini tushinish qiyin. Haligacha o’rni to’ldirilolmagan ana shu davrning “adolat” tushunchasi balki bugungi kunda, bu tuproqlarda oqqan qon va ko’z yoshlarining darmoni edi. Shunday ekan odamgarchilik tarixida misli ko'rilmagan ajoyib yaxshi iz qoldirgan va u qoldirgan madaniyatni kuzatishdan biz faxrlangan Usmoniy davlatini yodga olish haftasi qutlug’ bo’lsin.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar