Turkiyada turizm 6- qism

Xet imperiyasi, miloddan oldingi davrda Anado’lida hukm surgan sivilizatsiyalardan biri…

Turkiyada turizm 6- qism

Xet imperiyasi, miloddan oldingi davrda Anado’lida hukm surgan sivilizatsiyalardan biri… ushbu imperiya asrlar oldin yo’q bo’lgan faqat poytaxti HATTUSHA  bugunki kunda ham  mavjudiyatini davom ettirmoqda, ziyoratchilariga o’z vaqtida ajoyib va ​​muhim shahar ekanligini ko’rsatmoqda.

Xet imperiyasining tashkil topishi, miloddan avvalgi 1600-yillarga borib taqaladi. O'sha davrdagi loy taxtalardan ma’lum bo’lgani qadar  Xet xalqi tarixda bir xil demokratiya bilan boshqarilgan birinchi davlat edi.

Qirol va qirol oilasi hukmronlik qilgan mamlakatda Pankush deb nomlangan parlamentda qarorni ovozga qo’yish hamda qirolga nazorat qilish huquqini bergan.

Xetlar tarixida Misr bilan Kadesh kelishuvini  imzolagan birinchi yozma bitimlaridan biriga  egadir.

Mana davrning ushbu madaniyatning poytaxti Huttusha, antik shahar sifatida  Xetlarning izlarini bugungacha davom ettirib kelgan.Hattusha, Turkiyaning Qora dengiz hududida  Cho’rum viloyatining ichida, Bugungi nomi bilan  Bo’g’azko’ydir.   Birochiq maydon arxeologik muzey vaziyatidagi Hattusha, quyi shahar yuqori shahar bo’lib ikki maydondan tashkil topmoqda. Quyi shahar deyilgan  hududda  turar- joy va  maydonlar joy olmoqda. Va Hatushaning eng yirik diniy tuzilishi  bo’lgan Buyuk ma’bad bu yerda  qad ko’tarmoqda.

Yuqori shaharda juda ko’p sonda ma’bad joylashgan, mazkur  hududning  to’rt darvozasi bo’lib  bir qa’la  bilan o’rab olingan vaziyatda. 

Yo‘lbarsli darvoza ikki yonida joylashgan  va yo‘lbars haykali xetlarning  san’atga  bergan ahamiyatning   eng  yaxshi  o’rnaklaridan…

Hattushaning 2 kilometr shimolida joylashgan Yazılıkaya  ibodat xonasi shaharning eng ajoyib ochiq havo ma'badi hisoblanadi. İkki qoya xonadan tashkil topgan ushbu ibodat xonaning  devorlari Xet tangrilari va tangrichalarining  yo’nilgan toshlar  haykallar bilan  bezatilgan .

Hatushani ziyorat qilish uchun Cho’rumga borsangiz, Cho’rum va Bog’ozko’y muzeylarida tarixiy bir sayohatga chiqmasdan, Iskilip  tumaning tarixiy ko’chalarini kezmasdan, Xet yo’liga qarab qadam tashlamasdan qarag’ay hidli yoylovlarni ko’rmasdan, do’lma kabi mahalliy  taomlarni tatmasdan, Kargibezi, sholcha sotib olmasdan qaytmang.

Misrning kuchli fir’avnlarining  eng kuchli raqibi, o’z vaqtining eng buyuk siyosiy harbiy kuchi Xetlarning poytaxti Hattusha sizni kutib turibdi. 


Tanlangan kalimalar: Turizm , Turkiya , Muzey , Chohrum , Madaniyat , Xet

Aloqador xabarlar