Xorijiy matbuot sharhlari 11.02.2019

Xorij matbuotidan sharhlar...

Xorijiy matbuot sharhlari 11.02.2019

                         

 

Alsharq Alawsat (Saudiya Arabistoni): Falastinlik Al-Fatih: “Saudiya Arabistoni valiahdi Vashingtonga Falastin xalqining haq-huquqini himoya qilmaydigan har qanday shartnomani qabul qilmasligini ma’lum qildi”,-dedi.

Al-Raya Al-Katariya (Qatar): Isroil Eron tahdidiga qarshi Bahrayn, BAA va Saudiya Arabistoni bilan mahfiy aloqa o’rnatmoqda.

Al-Emarat Al-Yaum (BAA): Afrika davlatlari Isroil bilan munosabatlarini jadallik bilan normallashtirishga kirishdi.

Spiegel Online: Turkiyadagi musulmon etnik xalqlar Xitoyning uyg’urlarga nisbatan qattiq siyosatini tanqid qildi.

DW: İslom inqilobining 40 yilligi: Eronda o’zgarish jarayoni yo’nalishini ayollar boshqarmoqda.

Focus Online: Turkiyada oziq-ovqat terroriga qarshi chora: Erdo’g’an hukumati meva-sabzavotlarni olib sotuvchilarsiz to’g’ridan xalqqa yetkazilishiga qaror berdi.

El Mundo (Ispaniya): Ispaniyada minglab muxolif muddatdan avval saylov o’tkazish talabi bilan maydonlarda to’plandi va prezident Pedro Sanchezning mustaqillik tarafdorlari bilan muzokara o’tkazishini qoraladi.

El Pais (Ispaniya): Trampning fikricha, yomonlik uchburchagi Venesuela, Kuba va Nikaragua.

Clarin (Argentina): Maduro Venesuelada 15 fevralgacha davom etadigan harbiy mashg’ulotlarni boshladi.

TASS xabar agentligi: Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gavin Villiamson: “Rossiya NATOga a’zo davlatlarga nisbatan tadbiq etgan gij-gijlovchi faoliyatlari uchun katta badal to’lashga majbur”,-dedi.

Ria Novosti xabar agentligi: Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Aleksey Yerhov: “2018 yili Rossiya va Turkiya o’rtasidagi savdo hajmi inqirozdan oldingi natijalarni oshib o’tgan holda 25.4 mlrd dollarga yetdi.

Izvestiya gazetasi: “Security Radar 2019” anketasining natijalariga ko’ra, Yevropada urush boshlanishidan asosan ruslar va ukrainaliklar hadiksiramoqda.

Libération (Fransiya) : “Sariq jiletlilar” Parijda bir namoyishchining qo’li uzilib ketganligini ma’lum qildi.

Le Figaro (Fransiya) : 2015 yilda sodir bo’lgan migrant inqirozi Germaniyani qiyin ahvolga soldi.

Le Monde (Fransiya) : Fransiya bilan Italiya o’rtasida taranglik takror avj olmoqda.

Xalq so’zi gazetasi (O’zbekiston): Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 fevral - Islom inqilobi gʻalabasi kuni munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyni tabrikladi.

O’zbekiston ovozi gazetasi: Shu yilning 15-17 fevral kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo Qilichbozlik Konfederatsiyasining o‘smirlar va kattalar o‘rtasida I ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.

Darakchi gazetasi (O’zbekiston): O’zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati bugun 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 8 dan 12 fevral soat 8 gacha Chimyon hududida qor ko’chkisi xavfiga qarshi ogohlantirdi.


Tanlangan kalimalar: matbuot , xorijiy matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar